Radeski Skin Clinic

Abdvaliyev Begali

Abdvaliyev Begali — Dermatolog, Trixolog (Soch kasalliklari mutaxassisi). Birinchi qabul — 150 000 so‘m. Farg'ona sh., O'zbekiston Ovozi ko'chasi, 1A-bino…

Abdvaliyev Begali — Dermatolog, Trixolog (Soch kasalliklari mutaxassisi)

Dermatolog, Trixolog (Soch kasalliklari mutaxassisi)

Soch to'kilishining barcha turlarini tashxislash, trixoskopiya va plazmoterapevtik texnologiyalar yordamida davolash mutaxassisi.

Andijon Davlat Tibbiyot Instituti, Moskva Soch davolash trixologiya markazi maxsus diplomi.

Mutaxassis haqida

Dr. Abduvaliyev Begali Sheraliyevich — dermatolog-trixolog va soch transplantatsiyasi bo'yicha mutaxassis. Soch va bosh terisi kasalliklarini diagnostika qilish, davolash hamda soch transplantatsiyasi yo'nalishida faoliyat olib boradi.

Soch transplantatsiyasi sohasida 4 yillik amaliy tajribaga ega bo'lib, shu davr mobaynida 1000 dan ortiq operatsiyalarda ishtirok etgan va ularni amalga oshirgan.

Har bir bemorda soch to'kilishining sababini aniqlash va shundan keyingina individual davolash strategiyasini tanlashga katta e'tibor beradi.

Men uchun yaxshi natija — bu faqat sochlarning ko'payishi emas. Eng muhimi, bemor natijadan mamnun bo'lishi, sochlar tabiiy ko'rinishi va davolash yoki transplantatsiya uzoq muddatli natija berishi.

Asosiy faoliyat yo'nalishlari

Trixologiya

  • Soch to'kilishining turli shakllari
  • Androgenetik alopetsiya
  • Diffuz soch to'kilishi
  • O'choqli alopetsiya
  • Bosh terisi kasalliklari
  • Soch follikulalari bilan bog'liq muammolar
  • Soch zichligining kamayishi

Soch transplantatsiyasi

  • FUE
  • DHI
  • Long Hair transplantatsiyasi
  • Soch transplantatsiyasiga ko'rsatmalarni aniqlash
  • Tabiiy ko'rinishdagi soch chizig'ini yaratish
  • Donor zonani baholash
  • Transplantatsiyadan oldingi va keyingi kuzatuv hamda davolash

Ish tamoyillari

Bemor bilan ishlashda quyidagi ketma-ketlikka amal qiladi:

  • 1. Aniq diagnostika
  • 2. Individual yondashuv
  • 3. Zamonaviy davolash
  • 4. Muntazam nazorat
  • 5. Uzoq muddatli natija

Bemor bilan ishlash

Dr. Abduvaliyev uchun har bir bemor — alohida klinik holat. Shuning uchun bemorni faqat tashqi ko'rinishiga qarab baholamaydi: soch to'kilishining sabablarini chuqur o'rganadi, to'g'ri tashxis qo'yadi va individual davolash rejasini ishlab chiqadi.

Murakkab holatlarda kuchli va tajribali shifokorlar jamoasi bilan hamkorlik qiladi — turli mutaxassislar tajribasi bemor uchun yanada to'liq va xavfsiz yondashuvni ta'minlaydi.

Ta'lim va professional faoliyat

2019-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavriat bosqichini tamomlagan.

2022-yilda dermatologiya yo'nalishi bo'yicha magistraturani tamomlab, shu yildan buyon dermatologiya va trixologiya sohasida faoliyat yuritadi. Hozirda Radeski Skin Clinic klinikasida trixolog sifatida konsultativ, diagnostik va davolash xizmatlarini ko'rsatadi.

Professional rivojlanish

Har yili trixologiya bo'yicha xalqaro konferensiyalar, seminarlar va professional tadbirlarda ishtirok etadi.

Soch to'kilishi diagnostikasi, zamonaviy davolash usullari va soch transplantatsiyasidagi yangi texnologiyalarni muntazam o'rganib boradi.

Nima uchun aynan Dr. Abduvaliyev?

4 yillik professional tajriba, 1000+ soch transplantatsiyasi operatsiyasi, dermatologik bilim va trixologiyaga ixtisoslashgan yondashuv.

Maqsad — shunchaki soch ekish emas: soch to'kilishining sababini aniqlash, mavjud sochlarni maksimal saqlab qolish, kerak bo'lganda transplantatsiya orqali tabiiy ko'rinishni tiklash va bemorni uzoq muddat kuzatib borish.

Professional maqsad: zamonaviy trixologiya va soch transplantatsiyasi imkoniyatlaridan foydalangan holda har bir bemor uchun individual, ilmiy asoslangan va tabiiy natijaga yo'naltirilgan davolash strategiyasini yaratish.

Radeski — Bosh klinika (Farg‘ona)

Farg'ona sh., O'zbekiston Ovozi ko'chasi, 1A-bino · Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00 · +998 (73) 200-73-73

Radeski Skin Clinic — Qo‘qon filiali

Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A · Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00 · +998 95 210 73 73

Abdvaliyev Begali qayerda qabul qiladi?

Radeski Skin Clinic: Farg'ona sh., O'zbekiston Ovozi ko'chasi, 1A-bino (Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00, +998 (73) 200-73-73); Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A (Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00, +998 95 210 73 73).

Birinchi qabul narxi qancha?

Birinchi ko‘rik — 150 000 so‘m. Tahlil yoki muolaja kerak bo‘lsa, ularning narxi ko‘rikda aytiladi.

Qaysi muammolar bilan murojaat qilish mumkin?

Mutaxassislik: Trixolog, Dermatolog. Teri, soch va tirnoq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha qabul qilinadi; aniq tashxis va davolash rejasi ko‘rikda tuziladi.

Abdvaliyev Begali qabuliga qanday yozilaman?

Saytdagi «Qabulga yozilish» tugmasi orqali onlayn yoki filial telefoni orqali.

Shifokor maqolalari