Natijalar — oldin va keyin
Akne, pigmentatsiya, IPL va trixologiya davolash natijalari — Radeski klinikasi galereyasi (Farg'ona | Qo'qon).
Bolalarda alopeciya areata
Trihologiya
Bosh terisidagi bir nechta silliq, sochsiz dog‘lar (fokusli alopeciya) — dermatoxirurg Yo‘qubov Farrux nazoratidagi davolashdan keyin soch qoplamasi asta-sekin tiklandi. Faol yo‘qolish to‘xtadi, teri holati barqarorlashdi.
Pustuloz psoriaz
Psoriaz
Ko‘krak va orqa qismni qamrab olgan og‘ir pustuloz psoriaz — dermatoxirurg Yo‘qubov Farrux boshchiligidagi kompleks terapiya natijasida bosqichma-bosqich tinchlandi. Faol pustulalar va qalin qoplamalar yo‘qolgan, teri deyarli toza holatga qaytdi.
Psoriaz (tirsak) — davolash natijasi
Dermatologiya
Bemor tirsak sohasidagi psoriaz plakalari (qalinlashgan, quruq va po‘st tashlaydigan teri) bilan murojaat qildi. Individual dermatologik davolashdan so‘ng yallig‘lanish va qalinlashish sezilarli kamaydi, teri silliqlandi va sog‘lom ko‘rinish tiklandi.
Akne va post-akne davolash
Dermatologiya
Yuz va iyak qismidagi faol akne, qizarish va yallig‘lanish kompleks apparat terapiyasi bilan bartaraf etildi. Teri teksturasi silliqlandi, dog‘lar yengillashdi.
Tirnoq zamburug‘i (onikomikoz)
Podologiya
Qalinlashgan, sarg‘aygan va parchalanayotgan tirnoqlar tibbiy podologik davolashdan keyin tabiiy rang va mustahkamlikka qaytdi.
Soch ekish
Trixologiya
Tepa va cho‘kka soch to‘kilishi (androgenetik alopeciya). Soch ekish natijasida zich, tabiiy ko‘rinishdagi soch qoplami tiklandi.
Teri o‘smalarini lazer bilan olib tashlash
Lazer bilan olib tashlash
Teridagi kichik qizil angioma va nevus lazer apparati bilan bir seansda xavfsiz olib tashlandi. Muolajadan keyin atrofdagi teri saqlangan, iz minimal qoldi — kundalik hayotga tez qaytish mumkin.
Soch ekish — klinika natijasi
Soch ekish
Androgenetik alopeciya: tepa va frontal zona uchun individual chiziq belgilab, FUE usulida graftlar ekildi. Operatsiyadan keyin tabiiy zichlik va simmetrik chiziq tiklandi; nazorat va parvarish rejasi berildi.
Psoriaz — qo‘llar va tirsaklar
Psoriaz
Tirsak va bilaklardagi qalin oq-qizil plakalar kompleks terapiya (UVB 311 nm fototerapiya, mahalliy vositalar va kurs rejasi) bilan sezilarli yengillashdi. Qizarish va qoplamalar kamaydi, teri tekisroq bo‘ldi.
Psoriaz — tizzalar va boldirlar
Psoriaz
Tizza va boldirlardagi keng plakali psoriaz belgilari davolash kursidan keyin deyarli to‘liq remissiyaga yaqinlashdi. Faol qoplamalar yo‘qolgan, faqat yengil rang o‘zgarishlari qolgan — bemor kundalik faoliyatiga qaytgan.