Radeski Skin Clinic

Baxriddinov Zuxriddin Muxiddinovich

Baxriddinov Zuxriddin Muxiddinovich — Shifokor-dermatovenerolog. Birinchi qabul — 150 000 so‘m. Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A.

Baxriddinov Zuxriddin Muxiddinovich — Shifokor-dermatovenerolog

Shifokor-dermatovenerolog

Shifokor-dermatolog. Dermatologiya va estetik tibbiyot sohasida 3 yillik amaliy tajribaga ega. Radeski Skin Clinic klinikasida dermatolog sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, dermatologiya fanidan 1 yildan buyon talabalarga dars berib kelmoqda. Ilmiy faoliyat bilan ham shug'ullanib, tibbiyot sohasiga oid bir nechta ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Zamonaviy, ilmiy asoslangan va individual yondashuvni o'z faoliyatining asosiy tamoyili deb biladi.

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Mutaxassis haqida

Baxriddinov Zuxriddin Muxiddinovich — dermatovenerolog va trixolog. Teri, soch va tirnoq kasalliklarini diagnostika qilish va davolash bilan shug'ullanadi.

Asosiy maqsadi — bemorning faqat tashqi ko'rinishidagi muammoni bartaraf etish emas, balki kasallik sababini aniqlash, to'g'ri tashxis qo'yish va individual davolash yondashuvini tanlash.

Amaliyotida zamonaviy diagnostika usullari, klinik yondashuv va bemorning individual xususiyatlariga asoslangan davolashga alohida e'tibor qaratadi.

Men uchun yaxshi shifokor — bemorni diqqat bilan tinglaydigan, kasallikning sababini izlaydigan, o'z bilimini doimo yangilab boradigan va bemor ishonchini qadrlaydigan mutaxassisdir.

Kasbiy faoliyat yo'nalishlari

Dermatologiya

  • Psoriaz va turli surunkali dermatozlar
  • Atopik dermatit va ekzema
  • Allergik va yallig'lanishli teri kasalliklari
  • Akne va postakne holatlari
  • Rozatsea
  • Pigmentatsiya va giperpigmentatsiya
  • Vitiligo
  • Virusli, zamburug'li va parazitar teri kasalliklari
  • Teridagi turli o'smalar va hosilalarni klinik baholash

Soch va tirnoq

  • Soch to'kilishi va alopetsiya turlari
  • Bosh terisi kasalliklari
  • Tirnoq kasalliklari

Estetik dermatologiya

  • Teri holatini yaxshilash
  • Postakne va chandiqlar bilan ishlash
  • Lazer va boshqa zamonaviy apparat usullari

Professional yondashuv

Bir xil tashqi belgilar turli kasalliklarda uchrashi mumkin. Shuning uchun davolashni faqat tashqi ko'rinishga qarab emas, balki bemorning shikoyatlari, anamnezi, klinik belgilari va zarur hollarda laborator hamda instrumental tekshiruvlar natijalari asosida belgilaydi.

Uning fikricha, shifokorning vazifasi faqat dori yozish emas: bemorga kasalligi, uning sabablari, davolash jarayoni va natijalarini tushunarli tilda tushuntirish ham davolashning muhim qismi.

Trixologiyaga qiziqish

Soch to'kilishi bemorning tashqi ko'rinishi bilan birga hayot sifati va ruhiy holatiga ham ta'sir qiladi.

Shu sababli alopetsiya va bosh terisi kasalliklarida sababni aniqlash, trixologik holatni baholash va individual davolash rejasini tuzishga alohida e'tibor beradi.

Zamonaviy tibbiyotga munosabat

Dermatologiya doimo rivojlanib borayotgan soha. Yangi diagnostika va davolash usullarini o'rganish, malaka oshirish kurslari, konferensiya va seminarlarda qatnashishni professional rivojlanishning muhim qismi deb biladi.

Maqsadi — bemorga zamonaviy tibbiyot tamoyillariga asoslangan, xavfsiz va asosli davolashni taklif qilish hamda har bir bemorda uzoq muddatli va barqaror natijaga erishish.

Radeski Skin Clinic — Qo‘qon filiali

Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A · Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00 · +998 95 210 73 73

Клиника бизга жуда макул келди Кукон Шахар Radeski клиникасида Куконда хали курмаган апаратларимиз борлиги ва самарадорлиги бизга макул Бахриддинов Зухриддин доктиримизга уз миннадорчилигимизини билдирамиз

Kamolaxon · 5/5

Radeskiy qoqon filialiga doktor Baxriddinovda plazmafarez muolajasini oldik akam bilan 2xaftada natijasini sezdik toshlamar qaytdi uzimizni juda yaxshi xis qilyapmiz xizmatlaridan mamnunmiz Xammaga tavsiya qilaman keliyla teridagi barcha muammolardan xalos bo'lasizlar klinikadagi xammaga raxmat momilalari kutib olishlari juda yoqdi

Muslimaxon · 5/5

Кокондаги филиалда бизга плазмаферез хизматлари йокди хурсандмиз амалйот тажрибали доктрлар томонидан килинди Бахриддинов Зухриддин врачга рахмат

Гофурова Нилюфар · 5/5

Baxriddinov Zuxriddin Muxiddinovich qayerda qabul qiladi?

Radeski Skin Clinic: Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A (Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00, +998 95 210 73 73).

Birinchi qabul narxi qancha?

Birinchi ko‘rik — 150 000 so‘m. Tahlil yoki muolaja kerak bo‘lsa, ularning narxi ko‘rikda aytiladi.

Qaysi muammolar bilan murojaat qilish mumkin?

Mutaxassislik: Dermatolog. Teri, soch va tirnoq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha qabul qilinadi; aniq tashxis va davolash rejasi ko‘rikda tuziladi.

Baxriddinov Zuxriddin Muxiddinovich qabuliga qanday yozilaman?

Saytdagi «Qabulga yozilish» tugmasi orqali onlayn yoki filial telefoni orqali.

Shifokor maqolalari