Radeski Skin Clinic

Kamolova Barno

Shifokor-dermatokosmetolog va anatomiya o'qituvchisi. Dermatologiya va estetik tibbiyot sohasida 3 yillik amaliy tajribaga ega.

Shifokor-dermatokosmetolog, anatomiya o'qituvchisi

Shifokor-dermatokosmetolog va anatomiya o'qituvchisi. Dermatologiya va estetik tibbiyot sohasida 3 yillik amaliy tajribaga ega. Shuningdek, anatomiya fanidan 2 yildan buyon talabalarga dars berib kelmoqda. Xalqaro tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida Dubay hamda Turkiyaning Istanbul va Izmir shaharlarida professional amaliyot va treninglarda qatnashgan. Radeski Skin Clinic klinikasida dermatokosmetolog sifatida faoliyat yuritadi. Hozirda dermatokosmetologiya amaliyoti bilan bir qatorda oliy ta'lim muassasasida anatomiya fanidan dars beradi. Ilmiy faoliyat bilan ham shug'ullanib, tibbiyot sohasiga oid bir nechta ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Zamonaviy, ilmiy asoslangan va individual yondashuvni o'z faoliyatining asosiy tamoyili deb biladi.

Praga, Chexiya Respublikasi