Karimova Iroda
Karimova Iroda — Shifokor-dermatovenerolog, podolog. Birinchi qabul — 150 000 so‘m. Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A.

Shifokor-dermatovenerolog, podolog
Shifokor-dermatovenerolog va podolog. Dermatologiya sohasida 3 yillik amaliy tajribaga ega. Teri, soch va tirnoq kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va profilaktikasi bilan shug'ullanadi. Shuningdek, podologiya hamda kosmetologiya yo'nalishlarida ham faoliyat yuritadi. Hozirda Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida klinik ordinator sifatida faoliyat olib boradi. Zamonaviy, ilmiy asoslangan va individual yondashuvni o'z faoliyatining asosiy tamoyili deb biladi.
Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Mutaxassis haqida
Karimova Iroda — dermatolog va podolog. Teri, soch va tirnoq bilan bog'liq muammolarni diagnostika qilish va davolash bilan shug'ullanadi.
Ishida to'g'ri tashxis va individual yondashuvni eng muhim tamoyillardan deb biladi: har bir bemorning holati o'ziga xos bo'lgani uchun davolash rejasi uning ehtiyojlari va klinik holatiga qarab tanlanadi.
Sog'lom teri va og'riqsiz tirnoqlar — professional tibbiy yondashuvdan boshlanadi.
Asosiy yo'nalishlari
Podologiya
- Ichga o'sgan tirnoqni titan ip yordamida korreksiya qilish
- Ichga o'sgan tirnoqni olib tashlash amaliyoti
- Tirnoq zamburug'ini aniqlash va davolash
- Qalinlashgan va shakli o'zgargan tirnoqlarni apparat yordamida tozalash
- Tirnoq va tovonlarga tibbiy apparat ishlovi berish
- Qalinlashgan, yorilgan va qadoq bosgan tovon terisini davolash
- Oyoq terisi kasalliklari
Dermatologiya
- Akne va aknedan keyingi teri muammolari
- Yuz va tanadagi turli toshmalar
- Dermatit va ekzema
- Terining zamburug'li kasalliklari
- Papilloma va so'gallarni lazer yordamida olib tashlash hamda kompleks tizimli davolash
Trixologiya
- Soch to'kilishi
- Bosh terisi muammolari
Tibbiyotga yo'l
Tibbiyotga qiziqishi bolalikdan boshlangan: maktab davridayoq cho'ntak pullariga o'yinchoq o'rniga shprits va sistema kabi tibbiy buyumlar olardi.
7-sinfdan boshlab tibbiyot oliygohiga kirish uchun o'quv kurslarida va repetitorlar bilan tayyorgarlik ko'rgan.
Ta'lim
Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 6 yil davomida bakalavriat bosqichida tahsil olgan.
Hozirda 2 yillik klinik ordinaturada o'qishni davom ettirmoqda. Dermatologiya doimiy rivojlanayotgan soha bo'lgani uchun bilimlarini muntazam oshirib, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o'rganib boradi.
Maqsad
Maqsadi — bemorlarga nafaqat mavjud dermatologik muammoni hal qilishda, balki sog'lom teri, soch va tirnoqlarni uzoq muddat saqlashda ham yordam berish.
Har bir bemorga to'g'ri tashxis, davolash rejasi va parvarish bo'yicha tavsiyalar beriladi.
Qabul
Radeski Skin Clinic
Kattalar va bolalarda uchraydigan teri hamda tirnoq muammolari bo'yicha konsultatsiya, diagnostika va davolash.
Radeski Skin Clinic — Qo‘qon filiali
Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A · Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00 · +998 95 210 73 73
- Dermatolog Qo'qonda
- Bolalar dermatologi Qo'qonda
- Podolog Qo'qonda
- Kosmetolog Qo'qonda
- Ichiga o'sgan tirnoqni davolash Qo'qonda
- Akne davolash Qo'qonda
- Tirnoq zamburug'i davolash Qo'qonda
- O'sma olib tashlash Qo'qonda
- Psoriaz davolash Qo'qonda
- Vitiligo davolash Qo'qonda
- Rozasea davolash Qo'qonda
- Pigmentatsiya davolash Qo'qonda
- Lazer epilyatsiya Qo'qonda
- Dermatoskopiya Qo'qonda
- Qon tomir va qizarish davolash Qo'qonda
- So'gal olib tashlash Qo'qonda
- Xol (dog) tekshiruvi Qo'qonda
- Teri biopsiyasi Qo'qonda
- IPL muolajalari Qo'qonda
- Lazer bilan tomir olib tashlash Qo'qonda
Karimova Iroda qayerda qabul qiladi?
Radeski Skin Clinic: Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A (Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00, +998 95 210 73 73).
Birinchi qabul narxi qancha?
Birinchi ko‘rik — 150 000 so‘m. Tahlil yoki muolaja kerak bo‘lsa, ularning narxi ko‘rikda aytiladi.
Qaysi muammolar bilan murojaat qilish mumkin?
Mutaxassislik: Podolog, Dermatolog. Teri, soch va tirnoq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha qabul qilinadi; aniq tashxis va davolash rejasi ko‘rikda tuziladi.
Karimova Iroda qabuliga qanday yozilaman?
Saytdagi «Qabulga yozilish» tugmasi orqali onlayn yoki filial telefoni orqali.
Shifokor maqolalari
- Qandli diabetda oyoq parvarishi: xavfli belgilar va har kungi qoidalar
- Qadoq va kesaklar: nima uchun paydo bo'ladi va podologda qanday olib tashlanadi
- Qo'tir (skabiyez): kechasi qichishish, qanday yuqadi va butun oilani davolash
- Tirnoq zamburug'i (onixomikoz): belgilari, sabablari va davolash — podolog maslahati
- O'sib ketgan tirnoq (onixokriptoz): klinik holat — kelishidan tuzalib ketishigacha