Radeski Skin Clinic

Ichiga o'sgan tirnoqni davolash Qo'qonda

Ichiga o'sgan tirnoqni davolash Qo'qonda — 150 000 so‘mdan. Ichiga o‘sgan tirnoq (onixokriptoz) — tirnoq chetining barmoq terisiga botib o‘sishi.

Qo'qonda ichiga o'sgan tirnoqni davolash bo‘yicha to‘liq xizmat: shifokor ko‘rigidan muolajalar va kuzatuvgacha.

Ichiga o'sgan tirnoqni davolash haqida

Ichiga o‘sgan tirnoq (onixokriptoz) — tirnoq chetining barmoq terisiga botib o‘sishi. Ko‘pincha oyoq bosh barmog‘ida uchraydi va og‘riq, qizarish, shish, ba’zan yiringlash bilan kechadi. Ko‘p uchraydigan sabablar — tirnoqni juda qisqa yoki burchaklarini chuqur kesish, tor poyabzal va jarohatlar.

Radeski Skin Clinic’da podolog muammoning darajasini baholab, usulni tanlaydi: teriga botgan tirnoq qismini ehtiyotkorlik bilan olib tashlash va titan ip bilan tirnoqning o‘sish yo‘nalishini asta-sekin to‘g‘rilash. Titan ip tirnoq chetlarini ko‘tarib, teriga bosimni kamaytiradi — ko‘p hollarda tirnoqni to‘liq olib tashlash shart emas.

Agar tirnoq ilgari olib tashlangan bo‘lsa-yu, muammo qaytgan bo‘lsa, faqat olib tashlash yetarli emas — o‘sish yo‘nalishini to‘g‘rilash kerak. Qo‘qon filialida II darajali onixokriptoz bo‘yicha shunday klinik holat va 6 oylik natija saytdagi maqolada bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan.

Qabul qanday o‘tadi?

  1. Podolog ko‘rigi: tirnoq cheti, yallig‘lanish va qaytalanish xavfini baholash
  2. Teriga botgan qismni mahalliy og‘riqsizlantirish bilan olib tashlash va tozalash
  3. Tirnoqqa apparat bilan ishlov berish va titan ip o‘rnatish
  4. Nazorat ko‘riklari va uy parvarishi: tirnoqni juda qisqa kesmaslik, burchaklarini chuqur olmaslik

Davolash yondashuvi

  • Yurganda barmoqda og'riq bo'lsa
  • Tirnoq atrofi qizargan yoki shishgan bo'lsa
  • Operatsiyadan keyin muammo qaytgan bo'lsa
  • Teriga botgan qismni olib tashlash
  • Titan ip bilan korreksiya
  • Tirnoqni apparat bilan tozalash

Ichiga o'sgan tirnoqni davolash: narxlar

Podologning birinchi konsultatsiyasi150 000 so‘m
O'sib ketgan tirnoqni olib tashlash250 000 so‘m
Titan ip (o'sib ketgan tirnoq uchun)400 000 so‘m
Tirnoqlarni apparat bilan tozalash230 000 so‘m

Barcha narxlar

Qabul qiladigan shifokorlar

Nima uchun Radeski?

  • Tor tibbiy ixtisoslashuv — teri, soch va tirnoq
  • Dermatologiya, trixologiya, podologiya va diagnostika bir joyda
  • Shifokor qabuli, diagnostika va apparat muolajalari bir rejada
  • Farg‘ona va Qo‘qon filiallari — bir xil sifat standarti

Tez-tez so‘raladigan savollar

Qo'qonda ichiga o'sgan tirnoqni davolash narxi qancha?

Radeski Skin Clinic’da ichiga o'sgan tirnoqni davolash narxi 150 000 so‘mdan boshlanadi. Aniq narx muammo, zona va seanslar soniga qarab shifokor ko‘rigida aytiladi. To‘liq ro‘yxat «Narxlar» sahifasida.

Klinika Qo'qonda qayerda joylashgan?

Manzil: Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A. Ish vaqti: Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00. Telefon: +998 95 210 73 73.

Tirnoqni butunlay olib tashlash kerakmi?

Ko‘p hollarda yo‘q: teriga botgan qism olib tashlanadi, tirnoq esa titan ip bilan to‘g‘ri yo‘nalishda o‘stiriladi. Usulni podolog ko‘rikdan keyin tanlaydi.

Nega muammo operatsiyadan keyin qaytadi?

Tirnoq olib tashlanib, uning o‘sish yo‘nalishi to‘g‘rilanmasa, yangi tirnoq yana teriga botishi mumkin. Shuning uchun titan ip bilan korreksiya qilinadi.

Bolalarni qabul qilasizmi?

Ha, kattalar va bolalardagi tirnoq muammolari bo‘yicha qabul qilinadi.

Birinchi qadam nima?

Mutaxassis konsultatsiyasi va kerak bo‘lsa diagnostika.

Natijalar qayerda?

Saytdagi «Natijalar» bo‘limida klinik holatlar mavjud.

Manzil va ish vaqti

Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A · Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00 · +998 95 210 73 73

Material: Radeski Skin Clinic shifokorlari jamoasi · Yangilangan:

Bog‘liq sahifalar