Radeski Skin Clinic

Usmanova Mohinabonu Anvarovna

Usmanova Mohinabonu Anvarovna — Dermatovenerolog · Dermatokosmetolog · Trixolog · Podolog. Birinchi qabul — 150 000 so‘m.

Usmanova Mohinabonu Anvarovna — Dermatovenerolog · Dermatokosmetolog · Trixolog · Podolog

Dermatovenerolog · Dermatokosmetolog · Trixolog · Podolog

Usmonova Mohinabonu — dermatovenerolog, dermatokosmetolog, trixolog va podolog. 3+ yillik amaliy tajribaga ega. Teri, soch, tirnoq va oyoq terisi kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va korreksiya qilish bilan shug'ullanadi. Radeski Skin Clinic da individual yondashuv va zamonaviy davolash protokollari asosida qabul qiladi.

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (FJSTI)

Mutaxassis haqida

Usmonova Mohinabonu — dermatovenerolog, dermatokosmetolog, trixolog va podolog. 3+ yillik amaliy ish tajribasiga ega mutaxassis.

Teri, soch, tirnoq va oyoq terisi kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va korreksiya qilish bilan shug‘ullanadi. Radeski Skin Clinic da bemorlarni qabul qiladi.

Bemorlarni qabul qilishda individual yondashuv, aniq tashxis va zamonaviy davolash protokollariga alohida e'tibor qaratadi. Har bir bemor uchun teri, soch va tirnoq holatidan kelib chiqib, individual davolash va parvarish rejasi ishlab chiqiladi.

Asosiy maqsad — bemorning dermatologik muammosini chuqur o‘rganish, sababini aniqlash va samarali hamda xavfsiz davolash orqali sog‘lom va chiroyli teriga erishishga yordam berish.

Asosiy yo'nalishlari

Dermatovenerologiya

  • Akne va postakne
  • Rozatsea (rozasea)
  • Atopik dermatit
  • Kontakt va allergik dermatit
  • Ekzema
  • Psoriaz
  • Seboreyali dermatit
  • Vitiligo
  • Melazma va boshqa pigmentatsiya buzilishlari
  • Zamburug'li teri kasalliklari
  • Bakterial teri infeksiyalari
  • Virusli teri kasalliklari
  • Papilloma va kondilomalar
  • Jinsiy yo'l orqali yuqadigan infeksiyalar
  • Teri o'smalar va boshqa dermatologik kasalliklar

Trixologiya

  • Soch to'kilishi
  • Androgenetik alopetsiya
  • Diffuz alopetsiya
  • Alopecia areata
  • Bosh terisi kasalliklari
  • Kepek va seboreya
  • Soch strukturasining buzilishlari

Podologiya

  • Tirnoq deformatsiyalari
  • Onixomikoz va boshqa tirnoq kasalliklari
  • Tirnoqning ichga o'sishi
  • Qadoq va giperkeratoz
  • Oyoq terisi kasalliklari
  • Oyoq kaftidagi yoriqlar va boshqa podologik muammolar

Dermatokosmetologiya

  • Professional yuz tozalash
  • Kimyoviy pilinglar
  • Akne va postakne korreksiyasi
  • Pigmentatsiya bilan ishlash
  • Teri qarishi va fotoqarishni korreksiya qilish
  • Teri sifatini yaxshilash
  • In'eksion kosmetologiya
  • Apparat kosmetologiyasi
  • Individual uy sharoitidagi skincare dasturlarini tanlash

Diagnostika

Bemorlarni qabul qilishda zamonaviy klinik va instrumental diagnostika usullaridan foydalanadi. Dermatoskopiya, Vud lampasi tekshiruvi, mikologik tekshiruvlar va zarur hollarda laborator hamda gistologik tekshiruvlarga yo‘llanma berish orqali kasalliklarni aniqlash va differensial diagnostika qilishga alohida e’tibor qaratadi.

  • Dermatoskopiya
  • Vud lampasi tekshiruvi
  • Mikologik tekshiruvlar
  • Laborator tekshiruvlar
  • Gistologik tekshiruvlarga yo‘llanma
  • Differensial diagnostika

Davolash yondashuvi

Kasbiy faoliyatida ilmiy asoslangan tibbiyot tamoyillariga qat’iy amal qiladi hamda bemor xavfsizligi, tibbiy etika va individual yondashuvni ustuvor yo‘nalishlar sifatida e’tirof etadi.

O‘z kasbiy malakasini muntazam oshirib boradi, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalari va klinik tavsiyalarni amaliyotiga tatbiq etishga alohida e'tibor qaratadi.

Qabul

Radeski Skin Clinic — Farg‘ona va Qo‘qon filiallari

Teri, soch, tirnoq va oyoq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha kattalar qabul qilinadi.

Radeski — Bosh klinika (Farg‘ona)

Farg'ona sh., O'zbekiston Ovozi ko'chasi, 1A-bino · Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00 · +998 (73) 200-73-73

Radeski Skin Clinic — Qo‘qon filiali

Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A · Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00 · +998 95 210 73 73

Usmanova Mohinabonu Anvarovna qayerda qabul qiladi?

Radeski Skin Clinic: Farg'ona sh., O'zbekiston Ovozi ko'chasi, 1A-bino (Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00, +998 (73) 200-73-73); Qo'qon sh., 47-MFI, Huqandiy mavzesi, 144A (Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00, +998 95 210 73 73).

Birinchi qabul narxi qancha?

Birinchi ko‘rik — 150 000 so‘m. Tahlil yoki muolaja kerak bo‘lsa, ularning narxi ko‘rikda aytiladi.

Qaysi muammolar bilan murojaat qilish mumkin?

Mutaxassislik: Trixolog, Podolog, Dermatokosmetolog, Dermatolog. Teri, soch va tirnoq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha qabul qilinadi; aniq tashxis va davolash rejasi ko‘rikda tuziladi.

Usmanova Mohinabonu Anvarovna qabuliga qanday yozilaman?

Saytdagi «Qabulga yozilish» tugmasi orqali onlayn yoki filial telefoni orqali.

Shifokor maqolalari